EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

RAUF PARFI SHE’RIYATIDA ERKINLIK KONSEPSIYASINING BADIIY TALQINI

Muattar Umrzakova

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · 05.10.2026 · 19 (B) · 177-180

DOI: 10.54613/g6wbf219 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, online erschienen am 05.10.2026. Verfasst von Muattar Umrzakova. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Ushbu maqolada XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi o‘zbek she’riyatining yirik vakili Rauf Parfi ijodida erkinlik konsepsiyasining badiiy talqini o‘rganiladi. Tadqiqotda erkinlikning shaxsiy-ruhiy, milliy-ijtimoiy va estetik-poetik ko‘rinishlari o‘zaro bog‘liq ma’no qatlamlari sifatida tahlil qilinadi. Shoirning “Ona Turkiston” to‘plamidagi “Og‘riq”, “Siyovush faryodi”, “Turkiston yodi”, “Shamollar”, “Bitiktosh”, “So‘zlar”, “Usmon Nosir” va “Ona tilim” asarlari asosiy badiiy material sifatida tanlangan. Mazkur matnlarda Vatan, ona til, tarixiy xotira, so‘z, shamol, yo‘l, osmon, tosh va yurak obrazlarining erk g‘oyasini voqelantirishdagi funksiyasi ochib beriladi. Lirik “men”ning faqat individual kechinmani emas, balki xalqning tarixiy taqdirini o‘z zimmasiga oluvchi ma’naviy subyekt sifatida shakllanishi tadqiqotning markaziy masalalaridandir. Shoir poetikasida erkinlik bir yoqlama tantanavor g‘oya bo‘lib qolmay, iztirob, vijdoniy mas’uliyat, ichki qarshilik, intilish va umid bilan murakkab munosabatda namoyon bo‘lishi asoslanadi. “Shamollar”dagi dinamik metafora, “Bitiktosh”dagi tarixiy xotira timsoli hamda “Ona tilim”dagi til va o‘zlik birligi badiiy-estetik jihatdan izohlanadi. Tadqiqotda matnga tayangan germenevtik, kontekstual, semantik-stilistik va motiv tahlili usullaridan foydalaniladi. Natijada Rauf Parfi she’riyatida erkinlik mazmuni shaxsning ruhiy mustaqilligi, millatning tarixiy o‘zligini anglashi va badiiy so‘zning mustaqil pozitsiyasi kesishgan nuqtada shakllanishi ko‘rsatiladi. Maqolada erkinlikni faqat ijtimoiy-siyosiy shior sifatida talqin qilish shoirning poetik tafakkuri murakkabligini to‘liq ochib bera olmasligi ta’kidlanadi.

Zitieren

APA

Umrzakova, M. (2026). RAUF PARFI SHE’RIYATIDA ERKINLIK KONSEPSIYASINING BADIIY TALQINI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 177-180. https://doi.org/10.54613/g6wbf219

Vancouver

Umrzakova M. RAUF PARFI SHE’RIYATIDA ERKINLIK KONSEPSIYASINING BADIIY TALQINI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. 2026;19(B):177-180. doi:10.54613/g6wbf219

BibTeX
@article{Umrzakova2026,
  author = {Umrzakova, Muattar},
  title = {RAUF PARFI SHE’RIYATIDA ERKINLIK KONSEPSIYASINING BADIIY TALQINI},
  journal = {QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI},
  year = {2026},
  volume = {19},
  number = {B},
  pages = {177--180},
  doi = {10.54613/g6wbf219}
}
Kostenlos starten →